Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Sirdaryodagi korxona salohiyatini innovatsion texnologiyalar asosida oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo tumanidagi “Sirdaryo Mega-Luks” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikda 2012 yili tashkil etilgan qo‘shma korxonada polipropilen granulasidan turli hajmdagi qoplar ishlab chiqarilmoqda. Bu kimyo, qurilish, to‘qimachilik, farmatsevtika, oziq-ovqat va nooziq-ovqat sanoatida, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qadoqlashda qo‘l keladi.
Prezident korxona salohiyatini kengaytirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi. Innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali sifat va samaradorlikni oshirish, ichki bozorni to‘la egallab, tashqi bozorlarga ham chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Mavzuga oid
14:14 / 23.03.2026
Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi pora bilan qo‘lga olindi
20:00 / 14.03.2026
Sirdaryoda baliq ovlaganlar tabiatga qariyb 520 million so‘mlik zarar yetkazdi
21:44 / 04.03.2026
Sirdaryoda tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 10 trillion so‘m ajratiladi
19:33 / 03.03.2026