Jahon | 22:51 / 14.04.2018
23092
1 daqiqa o‘qiladi

BMT Xavfsizlik Kengashi Rossiya tomonidan Suriya bo‘yicha taklif qilingan rezolyutsiyani rad qildi

Foto: AP Photo/Mary Altaffer

BMT Xavfsizlik Kengashi Rossiya tomonidan taklif qilingan AQSh va uning ittifoqdoshlarining Suriyaga bergan zarbasini qoralovchi va bu zarbalarni to‘xtatishni talab qiluvchi rezolyutsiya loyihasini rad qildi.

TASS xabariga ko‘ra, bu hujjatning qabul qilinishiga 9ta ovoz yetmay qoldi.

Rezolyutsiya loyihasini uchta mamlakat qo‘llab-quvvatladi: Rossiya, Boliviya va Xitoy. 8ta mamlakat, shu jumladan Suriyaga zarba bergan AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya unga qarshi ovoz berishdi. To‘rtta mamlakat, shu jumladan Qozog‘iston betaraf qolishdi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid