Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Suriyada yo‘q qilingan obektlarda kimyoviy moddalar bo‘lganini ma'lum qildi
Pentagonning fikricha, Suriyada hujum qilingan obektlarda qanchadir miqdorda asab-falajlovchi modda saqlangan va uning tashqariga chiqib ketishidan qochishga muvaffaq bo‘lingan. Bu haqda AQSh qurolli kuchlari shtablari boshlig‘i qo‘mitasi vakili, general-leytenant Kennet Makkenzi jurnalistlarga ma'lum qildi.
“Fikrimizcha, hujum qilingan obektlarda qanchadir miqdorda kimyoviy va asab-falajlovchi moddalar bo‘lgan. Biroq ishonchimiz komil, zarbamiz oqibatida bu moddalarning tashqariga chiqishi xavfini minimallashtira oldik”, deb aytgan Makkenzi.
AQSh, Britaniya va Fransiya 14 aprelda ularning fikricha kimyoviy qurol ishlab chiqarishda qo‘llanuvchi Suriyadagi hukumat obektlariga zarbalar berdi. Toshkent vaqti bilan soat 5.42dan soat 7.10gacha 100dan ko‘proq raketa bilan zarba berilgan, ulardan aksariyati Suriya havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan. Rossiya kuchlari bunda ishtirok etmagan, biroq zarbalar ortidan kuzatuv olib borgan.
Mavzuga oid
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026