Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston prezidenti bo‘lgan vertolyot tog‘larda uch soatga yo‘qolib qoldi
Foto: TASS
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bortida bo‘lgan vertolyot Varzob darasida uch soatga «yo‘qolib qoldi». Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar bergan.
Hodisa 28 mart kuni yuz bergani aytilyapti. Davlat rahbari Panjikentga Navro‘z bayrami tadbirlariga yo‘l olayotgan bo‘lgan, biroq u yerga belgilangan vaqtda yetib kelmagan. Aniqlanishicha, uchuvchi yomon ob-havo sharoiti tufayli rejadan tashqari qo‘nishni amalga oshirishga majbur bo‘lgan.
Bunga guvoh bo‘lgan Jumhuriyat nashri jurnalistining aytishicha, qo‘nish maydonchasi uncha chuqur bo‘lmagan yerda bo‘lgan, u yo‘llarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangani aytilmoqda. «Bu maydoncha chetida loy va taxtalardan qurilgan ikkita kichik uycha bor edi, ulardan yo‘l ishchilari hozirgacha boshpana sifatida foydalanadi. Mahalliy aholi darhol vertolyot yonida to‘planib oldi, bir ayol adashib qolgan mehmonlarga non va issiq choy olib keldi», - deya aytib o‘tdi u.
Rahmon bir necha soatdan so‘ng Varzob tumani raisi avtomobiliga o‘tirib, yo‘lida davom etgan.
Mavzuga oid
18:41 / 02.04.2026
Tojikiston prezidenti oziq-ovqat narxlari «misli ko‘rilmagan darajada» oshishidan ogohlantirdi
20:14 / 27.03.2026
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroda to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurdi
15:27 / 27.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Buxorodagi tarixiy majmualarni ziyorat qildi
14:10 / 27.03.2026