O‘zbekiston | 00:20 / 14.04.2018
31990
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi sanasiga aniqlik kiritildi

Foto: Sputnik

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 23 aprel, dushanba kuni O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi. Kun.uz muxbiri xabar berishicha, bu haqda Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida o‘tkazilgan viloyat faollari ishtirokidagi yig‘ilishda ma'lum qilgan.

Ikki kunlik tashrif doirasidagi muzokaralar chog‘ida ko‘plab masalalar ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Tashrif doirasida 24 aprel kuni prezidentlar Xorazmda ham bo‘lishadi. Bu yerda mehmonlar delegatsiyasi uchun konsert dasturi ham tashkillashtiriladi.

Gurbanguli Berdimuhamedov oxirgi marta O‘zbekistonga 2016 yilning kuzida kelgandi. Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov so‘nggi marta o‘tgan yilning sentabr oyida Ashxobodda uchrashgandi.

Mavzuga oid