Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zgidromet bergan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 15-16 aprel kunlari Turkmaniston Respublikasidan Povoljya orqali O‘zbekiston Respublikasi hududiga nam va sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi xabarida aytiladi.
17 aprel kuni nam va sovuq havo oqimining ta'siri respublika hududida saqlanib qoladi.
15-17 aprel kunlari respublikaning ko‘plab hududlarida yomg‘ir yog‘ib, shamol tezligi 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha bo‘lishi mumkin. Tog‘li hududlarda esa kuchli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi kuzatiladi.
15-16 aprel kunlari havo harorati kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
17 aprel kuni havo harorati pasayib, kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:54 / 12.07.2026
Toshkentda kuyindi hidining paydo bo‘lishiga ob-havo sharoitining o‘zgarishi sabab bo‘lgani aytildi
18:43 / 06.07.2026
Jazirama sinovi boshlandi
18:07 / 04.07.2026
5 iyul kuni ma’muriy binolarda FVVning maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkaziladi
15:05 / 30.06.2026