19:20 / 15.04.2018
62832

Farg‘onalik yigit o‘z singlisining o‘limiga sababchi bo‘ldi

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi mudhish jinoyat tafsilotlarini ma'lum qilganiga doir xabar tarqaldi. Ushbu noxush holat To‘rg‘ay qishlog‘ida yashovchi Isoqjon Mamajonov tomonidan sodir etilgan. Oilaviy kelishmovchilik natijasida yuzaga kelgan nizo tufayli u o‘z singlisi - 1994 yilda tug‘ilgan Sabohat Mamajonovaga tan jarohati yetkazgan. 

Gumondorning so‘zlariga ko‘ra, singlisi ma'lum bir pul evaziga kimlar bilandir don olishib yurgan. U singlisiga tanbeh berganida, singlisi "baribir uydan chiqib ketishini" aytgan. Aka singlisiga shapaloq tushirgan va tanbehlarida davom etgan. 

Huquq-tartibot organlari vakillarining ma'lum qilishicha, Isoqjon singlisining qorin qismiga ketma-ket zarbalar bergan va og‘ir tan jarohati yetkazgan. Natijada Mamajonova Sabohat oradan bir necha soat o‘tgach olingan tan jarohatlari natijasida voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. 

Hozir mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi D bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ayni damda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov harakatlari davomida gumonlanuvchi Mamajonov Isoqjonda bitta erkaklar tasmasi daliliy ashyo sifatida olingan. 

Voqea o‘rganilganida Sabohat Mamajonovaning oilasidagi nosog‘lom muhit bunga sabab bo‘lgani aniqlangan. "15 kun deganda o‘zi qo‘ng‘iroq qildi. Tanish-bilishlar "u yerda ko‘rdik, bu yerda ko‘rdik" deyishdi. Endi ko‘rsangiz, ushlab olib keling, deydigan holga tushdim. O‘sha kuni akasi "Nega qayt qilyapsan? Qayerda bo‘lding?" deb so‘roq qildi. Indamadi. Akasi bir-ikki shapaloq tushirdi. Qizim "ayajonim" deb menga yopishdi. O‘g‘lim "Aya, chiqib turing, o‘zim gaplashaman" dedi", - deya so‘zlaydi marhumaning onasi. 

Top