16:20 / 15.04.2018
6275

«Xo‘jayin-Ota» filmi​ kinorejissyori Vittorio Taviani vafot etdi​

Foto: globallookpress.com/ Ma Ning

Italyan mashhur kinorejissyori va ssenarist Vittorio Taviani 89 yoshda Rimda vafot etdi. Bu haqda marhumning yaqin qarindoshlari mahalliy OAV vakillariga ma'lum qilgan.

Vittorio jahon kinosi durdonalari qatoriga kirgan asarlarni o‘zining kichkina ukasi Paolo bilan suratga tushirgan. Aka-ukalar 1952 yili ilk ijodini - «Raqiblik» kartinasini tasvirga olish bilan boshlagan bo‘lsa, faoliyati davomida Valentino Orsini bilan hamkorlikda qisqa metrajli filmlar tayyorlagan.

Tavianilar filmlari bir necha marta nufuzli kino mukofotlarni qo‘lga kiritgan: «Xo‘jayin-Ota» filmi (1977) Kann kinofestivalida «Oltin palma novdasi» bilan taqdirlangan. Shuningdek, 2012 yili ekran yuzini ko‘rgan «Tsezar o‘lishi lozim» kinosi Berlinda «Oq ayiq» mukofotini olgan. Aka-ukalar 1990 yili Lev Tolstoyning «Sergiy Ota» asari asosida ajoyib kinokartinani ham tomoshabinlarga havola etgandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tayotgan haftada amerikalik kinorejissyor, ikki karra «Oskar» laureati Milosh Forman vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Top