Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda favqulodda vaziyat tartibi yana 3 oyga uzaytirildi
Foto: AP Photo / Mulugeta Ayene
Misr vakillar palatasi (parlament) deputatlari 15 aprelda prezident Abdul Fattoh as-Sisiyning mamlakatda favqulodda vaziyat tartibini 14 apreldan boshlab yana 3 oyga uzaytirish haqidagi farmonini tasdiqlashdi.
Misrda favqulodda vaziyat tartibi 2017 yil aprelda Tanta va Iskandariyadagi ikkita teraktdan keyin kiritilgandi. O‘shanda teraktlardan 50 dan ko‘proq odam halok bo‘lgan, 100 dan ko‘prog‘i jarohat olgan. Shundan keyin qonunga muvofiq, favqulodda vaziyat tartibi har 3 oyda uzaytirib turilgan.
Deputat Kamol Amirning aytishicha, kuch tuzilmalari favqulodda vaziyat tartibida terrorchilik guruhlarini yo‘q qilishlari, ularni moliyalashtirish manbalaridan mahrum qilishlari, tashqi dunyo bilan aloqadan uzishlari mumkin bo‘ladi.
Ayni vaqtda Misr shimol va Sinay yarimorolining markaziy qismida terrorchilikka qarshi katta ko‘lamli kurash olib bormoqda.
Mavzuga oid
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
10:43 / 19.03.2026
Misrning yuzga yaqin dori vositasi O‘zbekistonda mahalliylashtiriladi
11:40 / 06.03.2026
O‘zbekiston va Misr gepatit C uchun dori vositalari ishlab chiqaradi
10:21 / 26.02.2026