15:00 / 15.04.2018
6228

Ozarboyjonda prezident saylovlari natijalari sarhisob qilindi

Foto: RIA Novosti / Zaman Ramazanov

Ozarboyjon Markaziy saylov komissiyasi (MSK) navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarining yakuniy protokolini tasdiqlash uchun uni Respublika Konstitutsiyaviy sudiga taqdim etishga qaror qildi. MSK raisi Mazoxir Panaxov shu haqida ma'lum qildi.

Ozarboyjondagi navbatdan tashqari saylovlar 11 aprel kuni bo‘lib o‘tdi. Barcha saylov punktlaridan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, amaldagi davlat rahbari Ilhom Aliyev saylovchilarning 86,03 foiz ovozini to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Aholining prezident saylovlaridagi faolligi 74,30 foizni tashkil qildi - 5 mln 314 ming 365 nafar saylovchidan 3 mln 962 ming 123 nafari ovoz bergan. 
  
"Saylov kodeksiga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasi, ovoz berish kunidan boshlab 10 kundan kech bo‘lmagan muddatda,       prezidentlik saylovlari natijalarini sarhisob qilishi va natijalarni tasdiqlash uchun uni Konstitutsiyaviy sudga taqdim etishi kerak", - dedi Panaxov yakshanba kungi kommisya yig‘ilishida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, "saylovlar natijalariga jiddiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan" qoidabuzarliklar qayd etilmagan. 

Kechroq komissiyaning ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Komissiya a'zolari yakuniy protokolning tasdiqlanishi va uning Konstitutsiyaviy sudga taqdim etilishi uchun ovoz berishdi. 

Konstitutsiyaviy sud ovoz berish kunidan keyin 14 kun davomida Ozarboyjon Respublikasi prezident saylovlari natijalari haqida rasmiy ma'lumot beradi. 

Mavzuga oid
Top