Buni hayot deydilar. Bu hayotda ba'zan odam özi xohlamagan işni ham qilişga majbur böladi. Ayniqsa, xalq boşiga oğir kunlar tuşganda qalbning, yurakning xohişi bilan heç kimning işi bölmaydi. Aslida tinç, osoyişta zamonda xat taşuvçini körganda uni xuş kayfiyat bilan kutib oliş, rahmat aytib kuzatiş oddiy hol. Ammo dahşatli uruş girdobida farzandlari, turmuş örtoği yoki otasining soğ-omon qaytişini Xudodan yolvorib sörab turgan odamlar poçtaçini körganda Azroilni körgandan ham yomonroq ahvolga tuşişgani tayin. Çunki u paytlarda poçtaçilarning asosiy işi «qoraxat» taşiş bölgan. Köplab gözal asarlar muallifi, nafaqat qirğiz xalqining, balki jahon kitobxonlarining mehriga sazovor bölgan yozuvçi Çingiz Aytmatov uruş yillari, ösmirlik paytlari poçtaçi bölib xizmat qilgan. Inson qalbining bilimdoni, mutafakkir adib ayni şu paytlarda yuragidan nimalarni ötkazdi ekan-a?..
Yozuvçining bolalik xotiralarida uruş yillari Şaker ovulida poçtaçilik qilgani va soliq yiğuvçi «finagent» bölib işlagani juda ta'sirçan ifodalangan: «Ovuldan biror oilaga qoraxat kelsa, oqsoqollar oldiga borib, ularga tuşuntirar edik,— deb yozadi adib.— Ular avval halok bölgan kişining qarindoşlarini çaqirib, bölgan voqeadan xabardor qilib, özaro maslahatlaşgaç, söng meni ergaştirib, marhumning uyiga borişardi. Men oila a'zolariga qoraxatni öqib berardim... Ovulimizdagilar meni yaxşi tanişardi. Ular menga yomonlikni ravo körişmasdi, kimgadir qoraxatni topşirmoq, ölimning sovuq xabarini yetkazmoq zimmamga yuklangan vazifa ekanini tuşunişardi. Ammo, gohida öz işim bilan köçalaridan ötib borayotgan bölsam ham ayollar meni körib uvvos solişardi: «Yaqinlaşma biznikiga, yöqol qorang öçgur. Qani, daf böl-çi!» deb qarğaşardi.
«Tarixning notantiligi şundaki, — deydi adib yana bir örinda, — insoniyat tarixida bölib ötgan ne-ne qirğinbarot uruşlarning million-million qurbonlari, qatliomlarning begunoh jabrdiydalari unut bölib ketadi. Unut bölib ketdi ham. Har qanday uruş, eng avvalo, tinç aholi boşiga behisob kulfatlar, azob-uqubatlar olib keladi. Uruş kelib çiqişiga mutlaqo aloqasi bölmagan begunoh kişilarning, norasidalarning yostiği quriydi. Afsuski, bu qurbonlar xalq xotirasida umumiy bir tarzda qoladilar, xolos. Gitler, Napoleon, Makedonskiy va şunga öxşaş katta-yu kiçik fotihlar esa tarixda qoladi. Nima uçun şunday? Nima uçun biz öşa qurbonlarning har bittasi haqida qayğurmaymiz? Ular içida Vatan, millat taqdirini hal qilişga qodir buyuk iste'dodlar, uluğ sarkardalar ham bölişi ehtimoli töğrisida öylab körmaymiz? Buning mutlaqo iloji yöq. Uruşning eng katta dahşati ham şunda».
Uruş va uning insoniyatga solgan jabri haqida köplab asarlar yozilgan, filmlar suratga olingan. Ammo Çingiz Aytmatov kabi inson qalbining bilimdoni, kitobxonning öy-fikri-yu, yuragini larzaga sola oladigan adiblar kam.












