Samarqand şahrida ötkazilgan MDH Parlamentlararo Assambleyasining yalpi majlisida Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti rektori, professor Şuhrat Sirojiddinovga Çingiz Aytmatov nomidagi mukofotni beriş töğrisida MDH PA Kengaşining qarori qabul qilindi.

Yalpi majlisda olimga mukofotni Qirğiziston delegatsiyasi rahbari Nurlanbek Şakiyev topşirdi. Şuhrat Sirojiddinov matnşunoslik va adabiyotşunoslik sohasida yirik olim sifatida tanilgan, özbek mumtoz adabiyoti, dinşunoslik va tarjima nazariyasiga oid qator ilmiy asarlariga ega. Yozuvçi 140 dan ortiq ilmiy maqolalar, 16 ta monografiya va öquv qöllanmalar muallifi.

Çingiz Aytmatov nomidagi mukofot Qirğiziston Jogorku Keneşi taklifi bilan 2012 yil noyabr oyida ta’sis etilgan. Mukofot har yili madaniyat, ma’rifat sohasidagi xizmatlari, gumanitar fanlar, adabiyot va san’at rivojiga, madaniy merosni örganiş va asrab-avaylaş, madaniyatlar, millatlar hamda elatlarni yaqinlaştiriş va özaro boyitiş, tinçlik va döstlikni mustahkamlaşga, şuningdek, davlatlar örtasidagi ma’naviy aloqalarni rivojlantirişga hissa qöşganlarga beriladi.