Toğlar ham qulaydimi? Qulaydi. Toğlar tabiat ramzi. Tabiat deganda insonning köz oldiga toğ va toğdan oqib turgan suv manzarasi keladi. Agar insoniyat tabiatga yetarliça e’tibor, mehr bermasa, şafqatsiz munosabatda bölsa, tabiat qulaydi, barbod böladi. Bu esa insoniyat boşiga tuşadigan kulfat demakdir. Tabiat va insoniyat bir-biri bilan uzviy boğlangan. Ularni bir-birisiz tasavvur qilib bölmaydi. Ammo sönggi yillarda inson tabiatga nisbatan munosabatda biroz haddidan oşyapti. Bunday xatti-harakatlar esa javobsiz qolmasligi aniq. Ayni şu masala va muammolarni Çingiz Aytmatov özining «Qulayotgan toğlar» romanida aks ettirgan.

Syujyet:

Asar Jaabars laqabli qorqoplonining söngsiz iztiroblari bilan boşlanadi. Uni jufti Barsoyim taşlab ketdi. Jaabarsdan yoşroq, zabardastroq bars bilan yetaklaşib ketdi. Bu esa Jaabarsni adoyi tamom qildi. Hayotga bölgan iştiyoqi ham, qiziqişi ham qolmadi. Yakkalanib, toğma-toğ kezadigan odat çiqardi.

Odam bolasi Arsen Samançin ham ayni şu holatda. Arsen taniqli jurnalist, bir qança tillarda bemalol gaplaşa oladigan iqtidorli yigit edi. Uning sevgilisi Oydana maşhur aktrisa va boy ayol böliş maqsadida öşa davrning millioneri Ertoş Kurçalga ma’şuqa bölib ketib qoladi. Vaholanki, qiz Arsen bilan «Mangu qayliq» voqeasini sahnalaştirişga va’dalaşgandi. «Mangu qayliq» neça yillardan beri xalq oğzida bölib, vafo va sadoqatli sevgi haqida kuylar edi...

Kuçli iztirobda qolgan yigit avval Ertoşni, söng özini öldirişga ahd qiladi. Ammo töpponçani qayerdan olişni bilmay turgan vaqtida ovuldan unga ovçilik bilan şuğullanuvçi qarindoşi Bektur oğa telefon qilib qoladi. Uning «Mergan» nomli firmasi bölib, bu firma ovçilik bilan şuğullanardi. Bektur oğa Arsenga yaqinda ovulga ikkita boy arab qönoqlari kelişini, ular toğlarda bars ovlaşi va barça harajatlarni özlari tölaşini aytadi. Arsendan tarjimonlik qilişini söraydi.

Töpponça qidiriş muammosi şu işda hal bölişini öylab, Arsen taklifga rozi böladi va ovulga qarab yöl oladi. U yerda Eles ismli qiz bilan tanişadi va ikkisi bir-biriga köngil qöyadi. Eles dunyoqaraşi keng, aqlli va tabiatga kuyinçak qiz edi. 

Bektur oğa ovulidan 4-5 ta norğul yigitlarni barslarni haydab keliş uçun işga yollagandi. Ularning sardori Arsenning sinfdoşi Toştan edi. Afğonda jang qilib kelgani uçun hamma uni Toştanafğon deb çaqirardi. Toştanafğon yigitlari bilan Arsenni mahfiy joyga olib boradi va özining rejasini bildiradi. Reja şunday ediki, ov vaqtida Toştan yigitlari bilan arab qönoqlarini garovga olib, pul talab qiladi. Pulni olgaç hammasi uzoq joylarga qoçişadi. Bu işda Arsen tarjimonlik qilişi lozim edi.