11:05 / 16.04.2018
16922

Toshkentda poyga uyushtirgan haydovchilarga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi 

Foto: KUN.UZ

2018 yil 14 aprel kunidan 15 aprel kuniga o‘tar kechasi IIBB YHXB shaxsiy tarkibi tomonidan tadbir o‘tkazildi.

Toshkent shahri hududida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmasdan katta tezlikda harakatlanayotgan, shuningdek, “poyga” uyushtirayotgan transport vositalariga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.

2018 yil 14 aprel kuni soat 01.19larda, M.Ulug‘bek tumani, M.Ulug‘bek ko‘chasida katta tezlikda harakatlanib yurgan “Kobalt” rusumli avtoulov to‘xtatilib tekshirilganda, haydovchisi 1985 y.t. Z.O. avtoulovni spirtli ichimlik iste'mol qilgan holda boshqarib yurganligi aniqlanib, unga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtoulov vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yildi.

2018 yil 14 aprel kuni soat 00.05larda, Chilonzor tumani, Cho‘pon ota ko‘chasida katta tezlikda harakatlanib yurgan “Lasetti” rusumli avtoulov to‘xtatilib tekshirilganda, haydovchisi 1985 y.t. A.A. avtoulovni spirtli ichimlik iste'mol qilgan holda boshqarib yurganligi aniqlanib, unga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtoulov vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yildi.

2018 yil 14 aprel kuni soat 18.05larda Shayxontoxur tumani, KXAY ko‘chasida katta tezlikda harakatlanib yurgan “Spark” rusumli avtoulov to‘xtatilganda, haydovchisi YPX inspektorining to‘xtash to‘g‘risidagi ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatlanib ketgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida to‘xtatilib, haydovchi 1991 y.t. Yu.Sh.ga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib,  avtoulov vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yildi.

2018 yil 14 aprel kuni soat 23.45larda, Chilonzor tumani, KXAY  ko‘chasida katta tezlikda harakatlanib yurgan “Lasetti” rusumli avtoulov to‘xtatilib tekshirilganda, haydovchisi 1994 y.t. U.Sh. avtoulovni spirtli ichimlik iste'mol qilgan holda boshqarib yurganligi aniqlanib, unga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib,  avtoulov vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yildi.

2018 yil 15 aprel kuni soat 01.00larda Yunusobod tumani, Yangi Yunusobod ko‘chasida katta tezlikda harakatlanib yurgan “Neksiya” rusumli avtoulov to‘xtatilganda, haydovchisi YPX inspektorining to‘xtash to‘g‘risidagi ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatlanib ketgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida to‘xtatilib, tekshirib ko‘rilganda, haydovchi 1993 y.t. Sh.S. majburiy sug‘urta polisi ham yo‘qligi aniqlanib, unga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtoulov vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yildi.

Bundan tashqari tadbir davomida spirtli ichimlik iste'mol qilgan holda boshqargan 7, majburiy sug‘urta polisisiz 1, YPX inspektori talablariga bo‘ysunmay harakatlangan 2 haydovchiga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Top