Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston Shimoliy Koreyani yadroviy qurolsizlantirish rezolyutsiyasiga rioya qilishga chaqirdi
Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojidin Aslov Tojikistonga amaliy tashrif bilan kelgan shimoliy koreyalik hamkasbi Li Yon Xoni BMTning yadroviy qurolsizlantirish haqidagi rezolyutsiyasiga qat'iy rioya qilishga chaqirdi.
“Tojikiston Shimoliy Koreyaning xalqaro huquq doirasida o‘z manfaatlarini himoyalashga intilishlarini tushunadi. Shu bilan birga Tojikiston Shimoliy Koreyani BMT Xavfsizlik kengashining Koreya yarimorolini yadroviy qurolsizlantirish bo‘yicha tegishli rezolyutsiyalariga rioya qilishga chaqiradi”, deb aytilgan Tojikiston tashqi ishlar vazirligi saytida.
Aslov Tojikiston Koreya yarimorolidagi muammolarni tinchlik yo‘li bilan hal qilish va hududda tinchlik va barqarorlikni ta'minlash tarafdori ekanligini ta'kidlab o‘tgan.
Ikki davlat vakillari, shuningdek, Tojikiston va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb mavzularini, jumladan mintaqaviy va xalqaro xarakterdagi masalalarni muhokama qilishgan.
Mavzuga oid
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
20:01 / 01.03.2026
Axloqqa zid va noqonuniy. Rossiya, Shimoliy Koreya va Xitoy Xominaiyning o‘ldirilishini qoraladi
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
21:21 / 26.12.2025