Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
15ta xalqaro federatsiya Rossiya dopingiga nisbatan surishtiruv olib bormoqda
Butunjahon dopingga qarshi kurash agentligi (WADA) prezidenti Kreyg Ridining ma'lum qilishicha, o‘n beshta xalqaro federatsiya rossiyalik sportchilarga nisbatan doping surishtiruvlarini davom ettirmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.
«Bu juda murakkab surishtiruv, biz u ko‘plab xalqaro federatsiyalarda ma'lumotlarning mushkulligi tufayli cho‘zilib ketganini ko‘rmoqdamiz.
Ikkita federatsiya ishni rasman yopdi, to‘rttasida jarayon hamon davom etyapti, yettitasi – qo‘shimcha ma'lumotlarni talab qildi, to‘rttasi – WADA’dan olingan namunalar takroran tahlildan o‘tkazilishini so‘radi», - deya aytib o‘tdi Ridi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kanadadan chiqarib yuborilgan rossiyalik diplomatlar WADA’ni obro‘sizlantirish bilan shug‘ullangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026