Jahon | 17:12 / 30.03.2018
9404
1 daqiqa o‘qiladi

Kanadadan chiqarib yuborilgan rossiyalik diplomatlar WADA’ni obro‘sizlantirish bilan shug‘ullangan

Foto: Reuters

Monrealdan chiqarib yuborilgan rossiyalik to‘rt diplomatning uch nafari Butunjahon dopingga qarshi kurash agentligiga (WADA) zarar yetkazish bo‘yicha faoliyat olib borgan.

The Globe and Mail ma'lumotiga ko‘ra, rossiyaliklar ijtimoiy tarmoqlar orqali yolg‘on axborotlar tarqatish bilan shug‘ullangan.

Ta'kidlanishicha, Rossiya konsulxonasi xodimlari ham Kanada va uning ittifoqchilarini obro‘sizlantirish bo‘yicha ish olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Hizer Noyyert Qo‘shma Shtatlar Rossiyadan amerikalik 60 nafar diplomatning chiqarib yuborilishini javob chorasi deb hisoblamasligi hamda o‘z tomonidan bunga boshqa qadamlar bilan reaksiya bildirishi mumkin ekani haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid