Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Kolumbiya elchisi bilan muzokaralar o‘tkazdi
2018 yilning 17 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Kolumbiya Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) etib tayinlangan Alfonso Lopes Kaballeroni qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida mamlakatlar bir-birlari uchun istiqbolli hamkor ekanligi hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdorligi ta'kidlab o‘tildi.
Uchrashuvda siyosiy maslahatlashuvlarni muntazam o‘tkazish va ishbilarmon doira vakillari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Foto:TIV axborot xizmati /Anvar Ilyosov
Mavzuga oid
08:46 / 24.03.2026
Kolumbiyada harbiy samolyot quladi
10:55 / 04.02.2026
Kolumbiya prezidenti Petro Oq uyda Tramp bilan uchrashdi
12:44 / 23.01.2026
Abdulaziz Komilov Tinchlik kengashiga qo‘shilish sabablarini izohladi
20:46 / 08.01.2026