Jahon | 08:56 / 17.04.2018
11221
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon Suriyaga yangi hujum uyushtirganini rad etdi

Foto: CC BY 2.0 / brownpau / Pentagon

Pentagon vakilining ma'lum qilishicha, AQSh Suriya harbiy-havo kuchlari bazasiga yaqin hududda amaliyot o‘tkazayotgani yo‘q. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Avvalroq Suriya davlat OAV mamlakat havo hujumidan mudofaa tizimi Xoms shahri yaqinida raketalarni urib tushirgani haqida ma'lum qilgandi.

«Ushbu hududda ayni damda AQSh tomonidan harbiy harakatlar olib borilayotgani yo‘q. Biz hozircha bu borada qo‘shimcha tafsilotlarni taqdim eta olmaymiz», - deya xabar bergan Pentagon vakili.

«Al-Masdar» portali xabariga ko‘ra, raketalar Suriyaning Xoms shahridagi Shayrot harbiy aerodromiga qarata uchirilgan. U Isroil harbiy-havo kuchlari tomonidan amalga oshirilgani aytilmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid