Jahon | 08:22 / 17.04.2018
3204
1 daqiqa o‘qiladi

Tanzaniyada kuchli yomg‘irlar tufayli to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

Foto: Tanzania Today

Tanzaniyadagi eng yirik shahar – Dar-as-Salomda kamida to‘qqiz kishi kuchli yomg‘irlar tufayli halok bo‘ldi. Bu haqda «Sinxua» agentligi xabar qilmoqda.

«Qurbonlar orasida bolalar, ayollar va erkaklar bor, halok bo‘lganlar soni, agarda yomg‘ir davom etsa, yana oshishi mumkin», - deya politsiya boshlig‘i Lazaro Mambosasning so‘zlarini keltiradi agentlik.

Ta'kidlanishicha, odamlarning o‘limiga suv toshqinlari va devorlar qulashi sabab bo‘lgan.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, kuchli yomg‘irlar tufayli uylar, transport vositalari, infratuzilma obektlari zarar ko‘rdi. Mahalliy ma'muriyat murakkab meteorologik holat tufayli maktablarni yopish talabi bilan chiqqan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid