Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda MDH davlatlarining HHM birlashgan tizimini rivojlantirish muhokama qilinadi
MDH davlatlari Mudofaa vazirlari kengashi huzuridagi havo hujumidan mudofaa masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi komissiya majlisining ishtirokchilari seshanba kuni O‘zbekiston poytaxtida yig‘iladi. Ular MDH davlatlarining havo hujumidan mudofaa birlashgan tizimini rivojlantirish masalasini muhokama qiladi.
«MDHga a'zo davlatlarning birlashgan havo hujumidan mudofaa tizimini takomillashtirish va rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishi - havo hujumidan mudofaa yagona (birlashgan) mintaqaviy tizimini yaratish va rivojlantirish, harbiy boshqaruv organlari, shuningdek, havo hujumidan birlashgan mudofaa tizimi tarkibiga kiruvchi kuchlarning o‘zaro harakatlari», - deya ta'kidlab o‘tishgan Rossiya harbiy mahkamasidan.
Shuningdek, muvofiqlashtiruv komissiyasining a'zolari shu yili qo‘shma tezkor va jangovar tadbirlarni o‘tkazish rejasi hamda harbiy-texnikaviy hamkorlikning turli masalalarini ko‘rib chiqadi.
Toshkentga Rossiya, Qozog‘iston, Armaniston, Tojikiston, Belarus, Qirg‘iziston Mudofaa vazirliklari delegatsiyalari, Rossiya harbiy-sanoat kompleksi korxonalari vakillari tashrif buyuradi.
Tomonlar MDH davlatlarining birlashgan havo hujumidan mudofaa tizimi «Mintaqaviy xavfsizlik-2018» qo‘shma kompyuterlashtirilgan qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari rejasi va Yagona davlat radiolokatsion farqlash tizimini rivojlantirish konsepsiya loyihasi bo‘yicha kelishib oladi.
Mavzuga oid
21:49
Toshkent markazidagi qonli avtohalokatda ikkala mashinani ham bolalar boshqargani ma’lum bo‘ldi
18:20
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37