Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston manzaralari xorijiy kinorejissyorlarga reklama qilinadi. Kinosanoatdan daromad ko‘rish rejalashtirilgan
O‘zbekistonda jahon kinochilarini respublika hududida film ishlashga jalb etish bilan shug‘ullanadigan maxsus komissiya tashkil etildi. O‘zA xabariga ko‘ra, uning tarkibiga «O‘zbekkino» milliy agentligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi va Yosh kinematograflar kengashi vakillari kirishadi.
Komissiyaning asosiy vazifasi O‘zbekistonning tabiiy sharoitlardagi s'yomkalar uchun imkoniyatlarini targ‘ib etib mamlakatga investitsiyalar jalb etish, xorijiy kinokompaniyalar va mahalliy kinostudiyalar hamkorligida film ishlab chiqarilishi va yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishish hisoblanadi. Komissiya shuningdek, O‘zbekistonda ishlangan kinokartinalar targ‘ibotida faol qatnashib, kinoturizm rivojiga hissa qo‘shishi kerak bo‘ladi.
Xorijiy kinorejissyorlarga respublikadagi jozibadorliklarni namoyish etish uchun alohida sayt ochilgan - uzbekistanfilmcommission.com. Bu yerda qadimiy shaharlar - Samarqand, Buxoro va Xivaga bag‘ishlangan maxsus bo‘lim bor. Zamonaviy shaharlar bo‘limiga Toshkent shahri kiritilgan. Shuningdek, Qashqadaryo, Navoiy, Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonga oid landshaft joylar suratlaridan tuzilgan illyustratsiyalar joylashtirilgan.
Kinokomissiya may oyida o‘tkaziladigan Kann festivalida Uzbekistan pavilonini taqdim etadi. O‘zbek kinosini jahon kinobiznesida reklama qilish uchun o‘zbekistonliklar Los-Anjyelesdagi Xalqaro kinokomissiyalar assotsiatsiyasiga kirishni rejalashtirmoqda.
Xabar qilinishicha, kinoloyihalarda ishtirok etish orqali mamlakat byudjyeti katta daromad ko‘rishi mumkin. Misol sifatida, Shimoliy Irlandiya o‘z landshaftlari bilan «Taxtlar o‘yini» seriali ijodkorlarini o‘ziga jalb etgan va ular bu hududda bir necha yil davomida ishlashgan. Bu vaqt davomida Shimoliy Irlandiyada 2800dan ortiq ish o‘rni yaratilgan, turistlar oqimi keskin ortgan. Mamlakat xazinasi 206 million dollarga boyigan.
Shuningdek, Yangi Zelandiya ham kinosanoatdan katta mablag‘ ishlab olgan. «Uzuklar hukmdori: Uzuklar birodarligi» loyihasi orqali orol davlat byudjyetiga 200 million dollar kelib tushgan. Natijada, ushbu mamlakatda kinochilik sohasidagi yangi imkoniyatlarni o‘rganish uchun alohida vazirlik tuzilgan.
Bundan avvalroq yaponiyalik taniqli rejissyor Kiyosi Kurosava O‘zbekistonda yangi filmini olishga kirishgani xabar qilingandi. rejissyor filmni suratga olish uchun munosib joylarni izlab, O‘zbekiston hududini ko‘zdan kechirib chiqqan. Suratga olish ishlari may oyida boshlanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026