Jahon | 22:55 / 18.04.2018
20567
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Turkiyaga S-400 majmualarini sotib olsa sanksiyalar kiritish bilan tahdid qildi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Malgavko

Anqara Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmualarini sotib olgandan keyin CAATSA doirasida AQShning sanksiyalari ta'siri ostiga tushishi mumkin. Bu haqda AQSh davlat kotibi yordamchisi Uess Mitchell aytib o‘tdi.

Shuningdek, yuzaga keladigan vaziyat Turkiyaning 5-avloddagi F-35 qiruvchi samolyotlari dasturida ishtirok etishiga salbiy ta'sir qilishi mumkin.

CAATSA AQShda 2017 yil avgustda qabul qilingan “Amerika dushmanlariga sanksiyalar orqali qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonundir.

2017 yil dekabrda Anqarada Rossiya va Turkiya vakillari S-400 majmualarini yetkazib berish bo‘yicha kredit kelishuvi imzolashgan. Turkiya mudofaa sanoati kotibiyati bayonotiga ko‘ra, Anqara bu majmuadan 2 ta batareyasini sotib oladi.

Moskva va Anqaraning S-400 bo‘yicha muloqotidan Vashington norozi bo‘lmoqda. Pentagon NATO bo‘yicha hamkori bo‘lgan Turkiyaga S-400 o‘rniga “NATO standartlariga to‘g‘ri keluvchi” zenit-raketa majmualarini taklif qilishga tayyorligini aytgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid