Jahon | 13:04 / 18.04.2018
5344
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyaning BMTdagi doimiy vakili KQTT missiyasi Dumada qachon ish boshlashini aytdi

Foto: Ali Hashisho/Reuters

Suriyaning BMTdagi doimiy vakili Bashar Ja'fariyning ma'lum qilishicha, Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot ekspertlari (KQTT) Suriyaning Duma shahridagi ehtimoliy kimyoviy hujum yuz bergan joyda chorshanba, 18 aprel kuni ish boshlashi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«BMTning xavfsizlik bo‘yicha guruhi 17 aprel kuni Dumaga Damashq vaqti bilan soat taxminan 15:00da yo‘l oldi, u o‘sha yerdagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni baholaydi. Agarda BMT jamoasi Dumadagi vaziyat tinch ekani haqidagi xulosaga kelsa, dalillarni aniqlash bo‘yicha missiya Dumada ertaga o‘z ishini boshlaydi», - deya aytib o‘tdi Ja'fariy.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq XXR TIV rasmiy vakili Xua Chunin AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiyaning Suriya hukumatini kimyoviy qurol ishlatganlikda ayblab, ushbu mamlakat hududiga berilgan zarbalari mas'uliyatsizlik bo‘lganini ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid