Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda “Toza havo” tadbiri: 12 mln so‘m miqdorida jarimalar undirildi
Poytaxtda joriy yilning 10 aprel kunidan 10 may kuniga qadar “Toza havo” tadbiri davom etmoqda, deb xabar beradi Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.
Tadbir davomida shu kunga qadar 2356ta transport vositasida tashqariga chiqarilayotgan zaharli gaz moddalarining miqdori tekshirildi, shundan zaharli gaz miqdori belgilangan normalardan yuqori bo‘lgan 72ta transport vositasi haydovchilariga, 7 mansabdor shaxsga ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi, jami 12 million 229 ming 40 so‘m miqdorida jarimalar undirildi.
“Hurmatli haydovchilar, boshqaruvingizdagi transport vositalaridan chiqayotgan zaharli gaz miqdorini doimo nazorat qilib borib, go‘zal tabiatimizning musaffoligini saqlang!” – deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
14:23 / 14.07.2026
Sobiq onkologiya shifoxonalari hududi hozir qanaqa holatda?
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026