Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston KITF-2018 xalqaro turistik ko‘rgazmasining ochilishida ishtirok etmoqda
Bugun, 18 aprel kuni Olmaota shahrida KITF-2018 xalqaro turistik ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 2018 yil Qozog‘istonda "O‘zbekiston yili" deya e'lon qilingani munosabati bilan ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan yagona stend tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekistonning Qozog‘istondagi favqulodda va muxtor elchisi Saidkarim Niyozxo‘jayev so‘zga chiqdi. U O‘zbekiston tomon vakillari tomonidan amalga oshirilgan ko‘plab ishlar, ko‘rgazma ishtirokchilari haqida so‘zlab, bundan keyingi samarali hamkorlikka katta umid bildirdi.
18-20 aprel kunlari Qozog‘istondagi xalqaro turistik ko‘rgazma doirasida o‘zbekistonlik artistlar va milliy raqs dastlarining chiqishlari rejalashtirilmoqda. Shuningdek ko‘rgazma mehmonlarini o‘zbek milliy taomi - palov bilan mehmon qilish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston stendini rang-barang jihozlanishidan tanib olish oson, "Saxar" mahalliy musiqiy guruhining yorqin chiqishi esa ko‘rgazma mehmonlarining e'tiborini keng jalb qildi.
Bundan tashqari, o‘zbek urf-odatlaridan biri "kelin-salom" o‘tkazish rejalashtirilgan. Marosim bilan bir vaqtda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati haqidagi promo-materiallar namoyish qilinadi, suvenirlar va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etiladi.
Mazkur ko‘rgazma "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK, "O‘zbekiston temir yo‘llari" DAJ, DunyoBo’ylab milliy telekanali, O‘zbekiston oshpazlar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi, shuningdek O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi qator turistik kompaniyalar ishtirokida o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
11:41 / 25.04.2026
Marokash turizmni kuchaytirish uchun yirik megaloyiha ochdi
22:05 / 23.04.2026
500 yil odamlardan yashirilgan shahar va Buyuk devor sirlari – Chin yurtiga safar
22:08 / 16.04.2026