O‘zbekiston | 23:35 / 19.04.2018
8107
2 daqiqa o‘qiladi

Google va Facebook kompaniyalari Toshkentda ofisini ochishi mumkin

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

Turkiyaning Istanbul shahri mezbonlik qilgan Global Tadbirkorlik Kongressi doirasida O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligining Tadqiqotlar va davlat hamda jamiyatga innovatsiyalarni joriy etish boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Hamzayev Google va Facebook kompaniyalarining boshqaruv apparati vakillari Erkan Kaptan va Dovon Ernirlar bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida hamkorlik aloqalari tilga olindi. O‘zbekiston vakillari Google kompaniyasini Markaziy Osiyo uchun markaziy ofisini Toshkentda ochish taklifini ilgari surdi. O‘z navbatida, bu taklif iliq qabul qilindi va tez orada Toshkentga tashrif buyurib joriy yil so‘ngiga qadar bu ishni amalga oshirishga kelishib olindi.

Uchrashuvdagi eng muhim jihatlardan biri Google va Facebook vakillari O‘zbekistonda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan Q Box va EduBook loyihalari uchun kodlashtirish va dasturiy ta'minoti kontentini O‘zbekistonga taqdim etishlarini bildirishdi. Bepul taqdim etilayotgan ushbu kontent 2 yil davomida 3 yarim million dollar sarflab tayyorlangan bo‘lib ayni vaqtda Turkiyadagi IT darslari ayni uning yordamida olib boriladi. Jahon ta'limi statistikasi manbalariga ko‘ra, o‘quvchining dasturlar ishlab chiqishga bo‘lgan qiziqishi 5-6 sinflarda boshlanadi. Mazkur kontent ham ayni yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan. Endilikda o‘zbekistonlik o‘quvchilar ham undan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid