Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent havo hujumidan mudofaa tizimiga qo‘shiladimi?
O‘zbekiston tashqi siyosatida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, xususan Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston bilan harbiy-texnikaviy aloqalarni yanada mustahkamlashni rag‘batlantirmoqda. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan havo hujumidan mudofaa bo‘yicha ikkitomonlama kelishuvlarni imzolashi kutilmoqda. Bu haqda 18 aprel kuni O‘zbekiston Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlari qo‘mondoni general-mayor Ahmad Burxonov ma'lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu sharoitda Rossiya respublikaning strategik muhim sherigi sifatida o‘z o‘rnini saqlab qoladi.
Toshkentda joriy yilning 17 aprel kuni MDH davlatlari mudofaa vazirlari kengashi huzuridagi havo hujumidan mudofaa masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi qo‘mita yig‘ilishida birlashgan havo hujumidan mudofaa tizimini rivojlantirish masalasi muhokama qilindi. General-mayor Burxonovning ta'kidlashicha, O‘zbekiston tez orada Qozog‘iston bilan mazkur masalada aloqalarni rivojlantirish maqsadida ikkitomonlama hamkorlik shartnomasini imzolashi rejalashtirilgan. Xuddi shunday shartnoma Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston tomonlari bilan ham imzolanishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Tegishli shartnomalar imzolanishi bilan O‘zbekiston Havo hujumidan mudofaa tizimining asosiy uch yo‘nalishidan birini to‘ldirib turishi mumkin. Ya'ni, tizim birinchi galda, g‘arbiy - Rossiya va Belorus Respublikasi, ikkinchi yo‘nalishda janubiy - Armaniston hamda Markaziy Osiyo yo‘nalishida - Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonni o‘z ichiga olishi nazarda tutadi. Ikkitomonlama hamkorlik shartnomalari imzolanishi kutilayotgan davlatlarning 3tasi esa Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a'zo mamlakatlar hisoblanadi.
Ushbu shartnomalarning amalga oshirilishi chegara hududida havo kuchlarini aniqlash, umumiy hududga kirib keluvchi jismni kuzatish imkoniyatini beradi. Bu ma'lumotlar o‘z vaqtida tizimning boshqaruv pultiga, ya'ni Rossiyaga uzatiladi. Yuzaga kelgan vaziyat O‘zbekistonni KXShTga qaytishini anglatishi mumkin, ammo a'zolik tiklangan taqdirda, o‘ziga xos kelishuv va shartlarni ilgari surilish haqiqatga yaqin bo‘ladi. Shunga qaramay, a'zolik masalasini O‘zbekiston yaqin istiqbolda ko‘rib chiqmasa ham kerak.
Mintaqada mavjud S-200, «Oka», S-125 mudofaa kompleksining yaroqliligiga qaramay, Markaziy Osiyo davlatlari zamonaviy HHM tizimini yaratish uchun katta mablag‘ sarflashi lozim. Bundan tashqari, tizimni yaratishning texnologik tomoni mavjud. Bunday tizim Markaziy Osiyo davlatlarida ham mavjud. Endigi masala mavjud resurslarni rivojlantirish, zamonaviylashtirishdan iborat.
Mavzuga oid
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
17:49 / 02.06.2026
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonda Yevroittifoqning deportatsiya markazi tashkil qilinishini rad qildi
08:20 / 20.05.2026