Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Rossiya, Xitoy va boshqa davlatlar bilan munosabatlarni yaxshilash istagini bildirdi
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya, Xitoy, Yaponiya va boshqa davlatlar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish yaxshi bo‘lishini aytdi.
“Agar biz Xitoy, Rossiya, Yaponiya va boshqa davlatlar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘ya olsak – bu yaxshi bo‘ladi, yomon emas”, deb aytgan Tramp Floridada Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashuvga bag‘ishlangan matbuot anjumanda.
Shu bilan birga Trampdan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni qachon kiritishi haqida so‘ralganda, u “Rossiya yangi sanksiyalarga loyiq bo‘lishi bilanoq” ularni kiritishini aytgan.
Tramp Rossiyaga nisbatan “hammadan ko‘ra qattiqqo‘lroq munosabatda ekanligini” aytgan.
“Rossiyaga nisbatan Donald Trampdan qattiqqo‘lroq munosabatda bo‘lgan biror kimsa yo‘q”, deb aytgan Tramp.
Mavzuga oid
10:28
AQSh Rossiya va Eron neftiga berilgan vaqtinchalik yengillikni bekor qilmoqchi
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
12:03 / 23.04.2026
Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina muzokaralarini qayta boshlashga bel bog‘ladi
08:55 / 23.04.2026