Rossiyada Telegram messenjerini bloklaşning haqiqiy sababi egasining öz kriptovalyutasini işga tuşiriş böyiça rejalari bölgan, deya xabar beradi RBK.

Rossiyada Telegram messenjerini bloklaşga qaratilgan muvaffaqiyatsiz urinişlar sönggi kunlarda Rossiya FXXning 12-markazi xodimlari va boşqa tegişli idoralar vakillari örtasida faol muhokama qilingan. Xususan, 18 aprel kuni FXX 12-markazining xodimi Roman Antipkin hamkasblariga xat yöllab, unda Rossiyada Telegram bloklanişining haqiqiy sababi Pavel Durov messenjer asosida «butunlay nazorat qilinmaydigan moliyaviy tizimni» işga tuşiriş niyatida ekaniga boğliqligini bildirgan.

«Hamkasblar, gap umuman boşqa narsa haqida! Gap kalitlar va terrorizmda emas. Paşa Durov yangi Mavrodiga aylanişga qaror qildi. U öz kriptosini işga tuşirgaç, Rossiyada butunlay nazorat etilmaydigan moliyaviy tizim paydo bölardi. Hamda bu marginallar uçun bitkoin emas, bu oddiy, işonçli va nazorat etilmaydigan narsaga aylanadi. Bu mamlakat xavfsizligiga tahdid. Barça giyohvand moddalar, naqdlaştiriş, organlar savdosi Paşaning kriptasi orqali ötardi, u esa: «Mening aybim yöq, sözlarni taqiqlang, ulardan terrorçilar foydalanmoqda», deydi», - deyiladi Roman Antipkin tomonidan imzolangan xatda.

RBK Roman Antipkin bilan boğlanişga uringan. U Telegram bloklanişi bilan boğliq vaziyatda özining örni haqidagi birinçi savolga şunday javob qaytardi: «Hamma aldamoqda, men heç qanday izoh bermayman va siz nima haqida gapirayotganingizni tuşunmayapman».

FXX Jamoatçilik bilan aloqalar markazi bu borada izoh bermagan. Şuningdek, Pavel Durov ham javob qaytarmadi.

Pavel Durov Gram kriptovalyutasiga ega Telegram Open Network (TON) nomli blokçeyn-platformani işga tuşiriş niyatida ekani 2017 yilning oxirida ma'lum böldi. Loyiha Telegram texnik direktori va Pavel Durovning akasi Nikolay Durov tomonidan imzolangan 132 sahifali hujjatda batafsil yoritilgan. Yaratuvçilar Telegram messenjeriga TON blokçeyni asosida tölov tizimini joylaştirişni möljallaşmoqda, istiqbolda esa u boşqa servislar va ijtimoiy tarmoqlarga kirib boradi. Durovlar tomonidan işlab çiqilayotgan blokçeyn, hujjatda aytilişiça, u soniyasiga million tranzaksiyalarni qayta işlay oladi. Şu bilan birga, kriptovalyutadan foydalanuvçi eng ommabop tölov tizimi Bitcoin soniyasiga faqat 9-12 tranzaksiyani qayta işlasa, Visa va MasterCard esa – soniyasiga bir neça mingta tranzaksiyalarni.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kreml Telegram bloklanişi tufayli boşqa servislar işida nosozlik yuz berişi kerak emasligi haqida