Rossiya prezidentining maslahatçisi Kirill Dmitriyev Germaniya kansleri Fridrix Mers Ukrainadagi uruşni töxtatiş böyiça AQŞning vositaçilik sa’y-harakatlari samimiyligiga şubha bildirgani haqidagi xabarlarga kulgi bilan munosabat bildirdi. Gap Zelenskiy va ğarb siyosatçilari bilan bölib ötgan telefon konferensiyasi haqida ketmoqda.
“Hurmatli Mers, sen umuman öyinda ham emassan. Sen özingni özing diskvalifikatsiya qilding — uruşni qözğatiş, tinçlikka tösiq qöyiş, real bölmagan takliflar, ğarb sivilizatsiyasini öz qöling bilan yöq qiliş, migratsiya va qatiy ahmoqlik orqali”, — deb yozdi Dmitriyev 4 dekabr, payşanba kuni keçqurun X ijtimoiy tarmoğida.
Bundan oldin Der Spiegel nemis haftanomasi xabar berişiça, Mers va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Zelenskiy bilan bölib ötgan telefon konferensiyasi çoğida muzokaralarda AQŞning rolini şubha ostiga olgan. Naşr ma’lumotlariga köra, Mers Zelenskiyni “keyingi kunlarda juda ehtiyotkor böliş kerakligi” haqida ogohlantirgan va qöşimça qilib: “Ular (ya’ni amerikaliklar) ham siz bilan, ham biz bilan öyin öynayapti”, degan va şu tariqa AQŞning harakatlarini ifoda etgan.
Makron esa, öz navbatida, “AQŞ xavfsizlik kafolatlari yuzasidan aniqlik kiritmasdan, hududlar masalasida Ukrainani sotib ketişi mumkinligi” xavfi borligi haqida aytgan. Der Spiegel tahririyati uşbu maxfiy suhbatga oid yozma qaydlar özida mavjud ekanini qayd etdi.
Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful Moskva tomonidan Mersga aytilgan sözlarga xotirjam munosabat bildirdi: “Har kim öz uslubini özi tanlaydi. Köplab rus mansabdorlarining nutqi doimo ma’lum bir uslub doirasida qolmasligini biz bir neça bor körganmiz. Bu bizga ta’sir qilmaydi”, — dedi Vadeful 5 dekabr, juma kuni Berlindagi matbuot anjumanida. Şu bilan birga, u şunday qöşimça qildi: “Bizda aniq kurs bor — biz Ukraina tomonida turibmiz”.
AQŞning maxsus vakili Stiv Uitkoff va AQŞ prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kuşner 3 dekabr kuni Moskvada Vladimir Putin bilan muzokaralar ötkazdi, 4 dekabr kuni esa Floridada Ukraina tomonidan boş muzokaraçi Rustem Umerov bilan uçraşuv taşkillaştirildi.
Tramp 3 dekabr kuni yana bir bor Putin “uruşni tugatişni istayapti”, deb bayonot berdi. Öz vakillarining xulosalarini şarhlar ekan, u: “Bu — ularda paydo bölgan taassurot”, — dedi. Tramp, şuningdek, Uitkoff, Kuşner va Putin uçraşuvini “juda yaxşi” deb ta’rifladi.
Yoxann Vadeful 4 dekabr kuni yana bir bor Rossiya tinçlikka intilmayotganini ta’kidladi. Uning aytişiça, Moskva joriy muzokaralar jarayonida “öz tajovuzkor uruşiga barham beriş böyiça heç qanday jiddiy niyatlar namoyon etmayapti”, Putin esa Yevropaga nisbatan ritorikani keskinlaştirmoqda, maksimalistik talablaridan qaytmayapti va harbiy yölga tayanişda davom etmoqda.
Davom etayotgan muzokaralarning asosini AQŞ tomonidan işlab çiqilgan Ukrainadagi uruşni töxtatiş rejasi taşkil etadi. Uning dastlabki varianti Ukraina va uning Yevropa hamkorlari bosimi ostida qayta körib çiqildi, çunki u Moskva uçun juda ham qulay, deb baholangan edi.
28 banddan iborat dastlabki hujjatga köra, Ukraina NATOga a’zo bölişdan voz keçişi, qurolli kuçlar sonini qisqartirişi va Rossiyaga butun Donbassni, jumladan hali Rossiya tomonidan okkupatsiya qilinmagan hududlarni ham topşirişi kerak edi.












