Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonunni imzoladi.
Uşbu hujjat bilan «Ommaviy axborot vositalari töğrisida»gi Qonunning 11ta moddasiga özgartiş kiritilib, 3ta modda bilan töldirildi. Adliya vazirligi matbuot xizmati uşbu özgarişlarni şarhlagan.
Xususan, ommaviy axborot vositasi deb Internet jahon axborot tarmoğidagi veb-saytlar ham e'tirof etildi. Ommaviy axborotni davriy tarqatişning doimiy nomga ega bölgan hamda bosma tarzda (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar va boşqalar) va (yoki) elektron tarzda (tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar) olti oyda kamida bir marta naşr etiladigan yoki efirga beriladigan (bundan buyon matnda çiqariladigan deb yuritiladi), qonun hujjatlarida belgilangan tartibda röyxatga olingan şakli hamda ommaviy axborotni davriy tarqatişning boşqa şakllari ommaviy axborot vositasidir.
Xalqaro huquqiy hujjatlar, xorij tajribasi hamda amaliyotidan kelib çiqqan holda ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini kafolatlaş maqsadida Qonunning 5-moddasi quyidagiça töldirildi: ya'ni, «...Davlat ommaviy axborot vositalarining faoliyati va axborotdan foydalaniş erkinligini, mulk huquqini, davlat organlarining ğayriqonuniy qarorlaridan, ular mansabdor şaxslarining ğayriqonuniy harakatlaridan (harakatsizligidan) himoya qilinişini kafolatlaydi. Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga tösqinlik qiliş yoki aralaşiş taqiqlanadi».
Qonun 5-1-modda bilan töldirildi. Xöş, bu OAVga nima beradi? Mazkur moddaning amaliyotga joriy etilişi ommaviy axborot vositalari faoliyatini tadbirkorlik sub'yekti va fuqarolik jamiyatining muhim instituti sifatida davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini tartibga solişga qaratilgan.
Bunday normalar bir qator xorij mamlakatlari qonunçiligi (Avstriya, Korea Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Ozarboyjon, Moldova, Gruziya va boşqalar) va YeI tavsiyalarida mavjud.
Ularda OAVni soliq va bojxona imtiyozlari beriş, davlat tomonidan imtiyozli kreditlar beriş, tariflarni tuşiriş böyiça elektron OAVga texnik xizmat körsatiş, gazetalar naşriyotining qarzlarini kamaytiriş, şuningdek, tahririyatlarga davlat byudjyeti va boşqa manbalar hisobidan töğridan-töğri subsidiyalar beriş közda tutilgan. Aksariyat mamlakatlar qöllab-quvvatlaşning uşbu şakllaridan töliq foydalanmaydi, balki, ma'lum soliqlardan, alohida mahsulotlarni (gazeta qoğozi) olib kirişda boj tölovlaridan ozod qiliş kabilarni amalda qöllab kelişadi.
Şuningdek, xalqaro hujjatlar va bir qator xorij mamlakatlari qonunçiligida OAVni qöllab-quvvatlaş, ularga subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar beriş orqali amalga oşirilişi mumkinligi ta'kidlanadi. Xususan, Finlyandiya, Niderlandiya, Norvegiya, Şvetsiyada barça kundalik naşrlar, Italiyada ijtimoiy muhim naşrlar, Fransiyada gazetalar uşbu şaklda qöllab-quvvatlanadi.
Şu bilan birga Avstriya, Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Ukraina, Korea Respublikasi qonunçiligida OAVga soliq va bojxona imtiyozlari qöllaş orqali qöllab-quvvatlaş belgilangan.
Mazkur xalqaro tajribalar örganilib, Qonun 5-1 modda bilan töldirildi.
«Davlat ommaviy axborot vositalarini quyidagi yöllar bilan qöllab-quvvatlaşi mumkin:
soliqlar hamda boşqa majburiy tölovlar va tariflar böyiça imtiyozlar hamda preferensiyalar beriş;
davlat subsidiyalari, davlat grantlari va davlat ijtimoiy buyurtmalari tizimi orqali moliyaviy qöllab-quvvatlaş;
moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş böyiça kompleks çora-tadbirlarni işlab çiqiş va amalga oşiriş;
tahririyatlar xodimlarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş;
ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş jamğarmalari faoliyatini taşkil etiş;
tahririyatlar xodimlarini tayyorlaşga, qayta tayyorlaşga va ularning malakasini oşirişga kömaklaşiş.
Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşdan ommaviy axborot vositalarining mustaqil kasbiy faoliyatini çeklab qöyiş uçun foydalanilişi mumkin emas».
Ommaviy axborot vositasini davlat röyxatidan ötkaziş muddati 15 kun etib belgilandi. Ilgari bu muddat bir oy bölgan.
Ommaviy axborot vositasini davlat röyxatidan ötkaziş rad etilgan taqdirda, qaror çiqarilgandan keyin bir kun içida arizaçiga yozma şaklda, şu jumladan axborot tizimi orqali elektron şaklda bildiriş yuboriladi (topşiriladi), unda rad etiş sabablari, şuningdek arizaçi körsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta körib çiqiş uçun taqdim etişi mumkin bölgan muddat körsatiladi.
Qonun «Ommaviy axborot vositasining davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyati töğrisida axborotni olişga doir sörovi» deb nomlangan 35-1-modda bilan töldirildi.
«Ommaviy axborot vositasi davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining faoliyati töğrisida axborot olişga doir sörov bilan ularga oğzaki yoki yozma şaklda (şu jumladan elektron hujjat şaklida) murojaat etiş huquqiga ega.
Ommaviy axborot vositasining davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyati töğrisida axborot olişga doir, şuningdek, mansabdor şaxslarning intervyusini taşkil etiş töğrisidagi sörovi köpi bilan yetti kun muddatda körib çiqiladi.
Agar ommaviy axborot vositasining sörovini körib çiqiş davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining vakolatlari jumlasiga kirmasa, sörov söralayotgan axborotni taqdim etiş özining vakolatiga kiritilgan organga röyxatdan ötkazilgan kundan e'tiboran uç iş kuni içida yuboriladi, ommaviy axborot vositasi esa bu haqda xabardor qilinadi.
Sörov rad etilgan taqdirda, ommaviy axborot vositasiga asoslantirilgan javob yuboriladi».
Hujjatning töliq matni 19 aprel kuni matbuotda e'lon qilindi.












