Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sudan TIV rahbari diplomatlar maoshsiz ishlayotganini aytgach, ishdan haydaldi
Foto: Sudan News Agency
Sudan prezidenti Umal al-Bashir Ibrohim G‘andurni tashqi ishlar vaziri lavozimidan chetlashtirdi. Bu TIV rahbari parlamentda xorijdagi sudanlik diplomatlarga bir necha oy davomida maosh to‘lanmayotgani haqida ma'lum qilganidan bir kun o‘tib ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda Sudan Tribune portali.
"Respublika prezidenti Umar al-Bashir payshanba kuni farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, Ibrohim G‘andur tashqi ishlar vazirligidagi o‘z lavozimidan ozod etilmoqda", - deya prezident farmonidan iqtibos keltirgan SUNA agentligi.
Portalning ta'kidlashicha, bunday qaror vazir chorshanba kuni parlamentariylar oldida chiqish qilib, sudanlik diplomatlar yetti oydan beri maosh olmaganini ma'lum qilganidan so‘ng qabul qilindi. Shuningdek, uning xabar berishicha, pul yo‘qligi tufayli Sudan TIV mamlakatning bir nechta diplomatik missiyasi uchun ijara to‘lovini ham amalga oshira olmayapti. Vazirning ma'lum qilishicha, “ba'zilar diplomatlar, missiya a'zolari va ijara to‘lovi birinchi darajali vazifa emas, deb hisoblashmoqda”.
Mavzuga oid
14:52 / 08.12.2025
Sudanda bog‘chaga hujumdan so‘ng o‘nlab bolalar halok bo‘ldi
22:47 / 10.11.2025
Ikki general urushi: «jahannamga aylangan» davlat haqida
16:04 / 04.11.2025
Sudan inqirozi: Misr, BAA, Saudiya va Rossiya manfaati to‘qnashyaptimi?
16:32 / 31.10.2025