Sudanda harbiylaşgan tuzilmalar bolalar boğçasi va şifoxonaga uçuvçisiz uçiş apparatlari (dron) orqali zarbalar berdi. Sudan TIV Janubiy Kordofanda 79 kişi halok bölganini ma’lum qildi. Mamlakat hozir dunyodagi eng dahşatli gumanitar fojialardan birini boşidan keçirmoqda.

Sudanda harbiylaşgan qurolli guruhlar tomonidan dronlar qöllangan hujumlar natijasida, önlab tinç aholi, jumladan, bolalar ham halok böldi. Janubiy Kordofan provinsiyasida bolalar boğçasi va şifoxona öqqa tutilgani haqida yakşanba, 7 dekabr kuni Kalouga ma’muriyati rahbari AFP agentligiga xabar berdi.

BMTning Bolalar jamğarmasi — YUNISEF 5 dekabr kuni aniqlik kiritişiça, halok bölganlar orasida 5 yoşdan 7 yoşgaça bölgan 10 dan ortiq bola bor. Sudan taşqi işlar vazirligi esa bu aholi punktida 43 bola va jami 79 kişi halok bölganini ma’lum qildi.

Ma’muriyat rahbari hujumlarda Tezkor reaksiya bildiriş kuçlari (RSF — Rapid Support Forces) va ular bilan boğliq, Janubiy Kordofanning katta qismini nazorat qiladigan SPLM-N isyonçi guruhini aybladi. Uning sözlariga köra, avval bolalar boğçasi, söng şifoxona, undan keyin esa “bolalarni xavfsiz joyga olib çiqişni istagan” aholi zarba ostida qolgan.

«Maktabda (boğçada) bolalarni öldiriş — bolalar huquqlarining dahşatli buzilişi», — dedi Sudandagi YUNISEF vakili Şeldon Yyett. «Bolalar heç qaçon mojaro narxini tölamasligi kerak. YUNISEF barça tomonlarni darhol bu hujumlarni töxtatişga va insonparvarlik yordamiga muhtoj bölganlarga xavfsiz va tösqinliksiz yetib boriş imkoniyatini ta’minlaşga çaqiradi», — deya qöşimça qildi u.

Jamğarma ma’lumotlariga köra, ötgan bir oy davomida şimoliy va janubiy Kordofanda zöravonlik kuçayişi natijasida 41 000 dan ortiq odam uy-joyini taşlab qoçişga majbur bölgan.

2023 yil aprel oyi örtalarida kuraşlar yangi bosqiçga ötganidan beri Sudan eng oğir gumanitar fojialardan birini boşdan keçirmoqda. Kuzda Şimoliy Darfur provinsiyasidagi Al-Faşer şahrini Tezkor reaksiya bildiriş kuçlari (RSF) isyonçi guruhi qölga kiritgandan söng, u yerda fuqarolik aholisiga nisbatan ommaviy qirğin va şafqatsizliklar sodir etilgan.

Mojaroning keskinlaşuvi RSF va Sudanning muntazam armiyasi — SAF örtasida RSF bölinmalarini qurolli kuçlar tarkibiga qöşiş şartlari borasida kelişuvga erişa olinmaganidan keyin boşlandi. Insonparvarlik taşkilotlari va BMT ma’lumotlariga köra, mojaro boşlanganidan beri 140 mingdan ortiq kişi halok bölgan. Sudanning taxminan 51 millionlik aholisining yarmi çet el gumanitar yordamiga muhtoj holda yaşamoqda.