Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: neft narxlari sun'iy oshirilgan
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, neft narxi sun'iy ravishda oshirilgan.
«Aftidan, OPeK yana eski qilig‘ini boshladi. Hamma joyda rekord miqdorda neft, jumladan dengizdagi yuklangan kemalar bilan. Neftga narxlar sun'iy ravishda oshirilgan! Bunda yaxshi hech narsa yo‘q va buni qabul qilib ham bo‘lmaydi!», - deya yozgan Tramp tvitterdagi o‘z sahifasida.
Jahondagi neft narxlari 2014 yil rekordlari yangilanganidan so‘ng pasayib bormoqda.
Brent markali neftga iyun fyucherslari qiymati 0,26 foizga, bir barrel uchun 73,59 dollarga tushdi, WTI markali neftning may fyucherslari – 0,31 foizga, bir barrel uchun 68,08 dollargacha. Brent bu haftada 74 dollarlik ko‘rsatkichdan o‘tdi, WTI – bir barrel uchun 69 dollar, har ikki ko‘rsatkich ham 2014 yilning noyabr-dekabridan beri maksimal sanaladi.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
09:39 / 11.05.2026
Jahonda neft tanqisligi bir milliard barrelga yetdi
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
08:55 / 23.04.2026