Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp vaqtida Kuba va AQShning munosabatlari ortga qarab ketdi – Raul Kastro
Foto: AP / Ladyrene Perez
Donald Trampning AQSh hokimiyati tepasiga kelishi Kubaning AQSh bilan munosabatlarining ortga qarab ketishiga olib keldi. Bu haqda Kuba kompartiyasi sobiq birinchi kotibi Raul Kastro aytib o‘tdi.
“Hozirda Kuba va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar ortga ketganini qayd qilish mumkin, AQSh hukumati bayonotlarida tajovuzkor va tahdid qiluvchi ohang ustuvorlik qiladi”, deb aytgan Kastro mamlakat parlamentidagi nutqida.
19 aprelda Migel Dias-Kanel Kuba parlamenti tomonidan mamlakat davlat kengashi rahbari lavozimiga tasdiqlandi va oliy davlat lavozimida Raul Kastroning o‘rnini egalladi. Kastro navbatdagi partiya qurultoyi bo‘lib o‘tadigan va partiyaning yangi rahbariyati saylanadigan 2021 yilgacha Kuba kompartiyasi birinchi kotibi bo‘lib qolishini aytgan.
AQSh va Kuba 2014 yilda o‘zaro munosabatlarining sekin-asta yo‘lga qo‘yilishi bo‘yicha ish boshlanganini e'lon qilgandi. 2015 yil iyulda ikki davlat diplomatik munosabatlarni tiklagan. Biroq 2017 yilda AQSh prezidenti Donald Tramp Gavana bilan munosabatlar yaxshilanishi bo‘yicha Barak Obamaning siyosati xato bo‘lganini aytgan. Shundan keyin Oq uy AQSh Kubaga qarshi joriy qilingan embargo o‘z kuchida qolishini va BMT hamda boshqa xalqaro tashkilotlarning uni bekor qilishga chorlovlariga qarshi ekanini aytgan.
Mavzuga oid
03:54
Tramp Putin yolg‘onchilikda ayblangan maqolani repost qildi
23:30 / 31.12.2025
Tramp dunyodagi ehtimoliy «eng yomon» davlatni aytdi
09:21 / 31.12.2025
AQSh va Fransiya Ukrainaning Putin qarorgohiga hujumi haqidagi da’volarga shubha bilan qaramoqda
18:03 / 30.12.2025