Jamiyat | 09:31 / 20.04.2018
15377
1 daqiqa o‘qiladi

Hukumat uchun alohida mobil aloqa tizimi yaratiladi

O‘zbekistonda hukumat mobil aloqa tizimi yaratiladi. Bu prezidentning «Innovatsion loyihalarni amalga oshirish va idoraviy axborot tizimlarini jadal integratsiyalashuvining tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida nazarda tutilgan.

Hujjatda ko‘rsatilishicha, 2019 yil 1 yanvargacha davlat va boshqa axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan Loyiha boshqaruvi yagona milliy axborot tizimi ishga tushiriladi.

Qaror bilan telekommunikatsiya xizmatlari uchun byudjyet mablag‘larini tejash, telefon suhbatlari xavfsizligi va nazoratini ta'minlaydigan hukumatning mobil aloqa tizimini tashkil etish nazarda tutilgan.

1 iyulga qadar loyihani moliyalashtirish bo‘yicha takliflar kiritiladi, 1 avgustgacha uning texnik-iqtisodiy asoslari tayyor bo‘ladi.

1 noyabrgacha loyihalar byudjyetdan tashqari mablag‘lar hisobidan Toshkent shahrida sinov rejimida ishga tushiriladi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid