TASS Greenpeace bilan hamkorlikda odatiy plastik buyumlardan voz keçiş atrof-muhitga qanday yordam qilişi mumkinligini erinmasdan hisoblab çiqdi.

Köpçiligimiz plastik buyumlar atrof-muhitga katta ziyon yetkazişini, polietilen paketlar — balo ekani, plastik idişlardan ham tezroq qutiliş kerakligi haqida köp va xöp eşitganmiz. Biroq, barçamiz örganib qolgan bu buyumlardan voz keçiş aynan qanday qilib Yerni saqlab qolişi mumkinligi biroz tuşunarsiz. 22 aprel kuni nişonlanadigan Yer kuniga TASS Greenpeace bilan birgalikda bir savolni örtaga taşladi: bir insonning kundalik maişiy odatlaridan voz keçişi Yerga nimalar beradi? Natijalar bizni hayratlantirdi. Faqatgina faktlar va quruq raqamlarni keltiramiz.

Ekosumka va ekoxalta vs polietilen paket

Polietilen paket turmuşimizning eng köp qarğalgan narsasi bölsa ajab emas. Biz supermarketga yo bozorga kiramiz, narsalar xarid qilamiz va albatta ularni nimagadir soliş zaruriyati tuğiladi. Supermarketlarda köpinça 30X60 sm ölçamdagi, 5 kilogaça yuk kötara oladigan paket taklif qilişadi. Greenpeace ma'lumotlariga köra, örtaça rossiyalik inson 1 yilda 181ta paket işlatadi, bu esa Rossiyada yiliga 26,5 milliard paket işlatiladi, degani. Bunça paket bilan Baykal kölining uçdan bir qismi yoki Moskva şahrini tört marta töliq yopib çiqiş mumkin.

Paketlarning işlatilişi Rossiyada har yili 133 ming tonna plastik çiqindixonaga kelib tuşişiga sabab böladi. Agar har bir rossiyalik dökonga ekosumka bilan borsa çiqindixonalarga yiliga 133 ming tonna zararli plastik kelmaydi, degani.

Bundan taşqari, ekosumkani işlatiş Yerning suv resurslarini ham saqlaşga xizmat qiladi. 5 gramm oğirlikdagi bir dona polietilen paket işlab çiqariş uçun 225 ml suv ketadi. Bir yil davomida işlatiladigan 181 dona paket uçun 40 litr suv ketadi.

Ekosumka (meva-sabzovotlarni solib kötariş uçun matodan tikilgan xalta) ham 5 gramm çiqadi. Uni işlab çiqarişga ham 225 ml suv zarur böladi. Ekoxaltani kiyimlar bilan birga yuviş mumkin. Örtaça olganda kir yuviş maşinasi 5 kg narsalar uçun 59 litr suv işlatadi. Ekoxaltani yuviş uçun 60 ml suv ketadi. Agar uni har hafta, yiliga 52 marta yuvişga qaror qilinsa ham bor-yöği 3 litr suv kerak böladi. Xullas, polietilen paketlardan voz keçilsa, 37 litr suv ham iqtisod böladi.

Tambler vs qahva uçun bir martalik stakan

Tadqiqotlarga köra, rossiyaliklarning 78 foizi qahva içadi. Tambler deb ataluvçi issiqlik saqlovçi krujka 1000 marta foydalanişga möljallangan.