Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xizmat yo‘q, lekin to‘lov bor: 5 ta chiqindi tashish korxonasining qonunbuzarligi aniqlandi
Toshkent viloyatida 5 ta chiqindi tashish korxonasi tomonidan 250 mingga yaqin iste’molchidan 8,8 mlrd so‘mdan ortiq asossiz mablag‘ olingani aniqlandi, deya xabar berdi Raqobat qo‘mitasi. Bu korxonalarga iste’molchilar bilan qayta hisob-kitob qilish majburiyati yuklatildi.
Raqobat qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi viloyatda aholiga maishiy chiqindi tashish xizmati ko‘rsatilishi holatini o‘rganib chiqdi.
O‘rganishlar davomida bir qator qonunbuzilishlar, xususan ayrim xonadonlardan chiqindilar umuman olib ketilmagan bo‘lsa-da, ularga to‘lovlar hisoblangan va xizmat belgilangan darajada ko‘rsatilmagan holatlar ham aniqlandi.
Shu sababli “Rahnamo Servis”, “Zero-Waste”, “Zangiota Obodon”, “Angren Bunyod Fayz” va “Ohangaron Sanitariya Tozalash” MChJlarga jami 250 mingga yaqin iste’molchiga 8,8 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni qayta hisob-kitob qilish talabi qo‘yildi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.
“Raqobat qo‘mitasi tomonidan respublikamizning hududlari kesimida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida bu boradagi tizimli o‘rganishlar davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil noyabr oyidan e’tiboran Toshkent shahrida chiqindi to‘lovidan qarzdor abonentlarga elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyati cheklab qo‘yila boshlandi. Bunday tartib dekabr oyidan boshqa hududlarda ham yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.
Avvalroq soliqdan qarzi bor aholining ham elektr energiyasiga to‘lov qilish imkoniyatini cheklash bo‘yicha Namangan viloyatida tajriba boshlanishi ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
12:07 / 25.02.2026
Kiberfiribgarlik: bemor bolalar uchun xayriya videolari orqali pul yig‘gan shaxs ushlandi
08:22 / 25.02.2026
110 ming dollar talab qilgan bank xodimi tezkor tadbirda qo‘lga olindi
13:32 / 21.02.2026
Endi chiqindi xizmatlarida faqat ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lov hisoblanadi
16:19 / 16.02.2026