Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muqimiy va Qatortol ko‘chalari tutashgan yo‘l qismi chorrahaga aylantiriladi
Toshkent shahrining Muqimiy va Qatortol ko‘chalari tutashgan qismi chorrahaga aylantiriladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Barat Mamenov matbuot anjumanida ma'lum qildi.
Uning bildirishicha, ayni vaqtda YHXB huzuridagi maxsus guruh Toshkent shahridagi yo‘l belgilari, svetoforning taqiqlovchi ishoralari, shuningdek yo‘llarning loyihalashtirilishi bugungi kun talablariga qanchalik javob berayotganini o‘rganmoqda. Shunday o‘rganishlarning natijasidan biri sifatida Muqimiy va Qatortol ko‘chalari tutashgan (Sport mollari do‘koni) qismi avvalgi holiga qaytariladi va chorraha orqali harakatlanish yo‘lga qo‘yiladi.
Ma'lumki, 2016 yil ushbu yo‘lni ta'mirlash chog‘ida svetoforli chorraha tugatilgan va uzluksiz harakatlanish yo‘lga qo‘yilgan edi. Keyinchalik, bu yerga svetoforlar o‘rnatildi. Shunga qaramay, Muqimiy ko‘chasining shu qismi eng tirbandlardan biri bo‘lib qolmoqda.

Barat Mamenovning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent shahrida 49 ta chorraha eng tirband chorrahalar hisoblanadi. Ertalabki va kechki tig‘iz vaqtlarda ayni shu chorrahalarga YPX xodimlarini qo‘shimcha jalb qilishga alohida e'tibor beriladi.



Mavzuga oid
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026