Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida 3.27 yo‘l belgisi nima uchun ko‘pligiga oydinlik kiritildi
“Hozirgi kunda Toshkent shahridagi yo‘llar to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Bunda “To‘xtash taqiqlangan” va “To‘xtab turish taqiqlangan” yo‘l belgilariga alohida e'tibor berilmoqda. Ularning o‘rnatilishi bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda, to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekani o‘rganilmoqda”, - dedi Barat Mamenov.
U, shuningdek shu belgilarning o‘rnatilishiga ham izoh berib, bir vaqtlar ushbu belgilar o‘rnatilgan yo‘l chetida avtotransport vositalarining to‘xtashiga ruxsat etilmagan bino yoki inshoot bo‘lgani sababli shunday belgilar o‘rnatilganini qayd etdi. Ammo bugungi kunga kelib, o‘sha obekt yoki yo‘l belgisi o‘z mohiyatini yo‘qotgan bo‘lishi mumkin.
Ushbu o‘rganishlar chog‘ida belgilarning umuman olib tashlangan holatlari ham bo‘lmoqda. Ba'zi hollarda, “To‘xtash taqiqlangan” (3.27) yo‘l belgisi “To‘xtab turish taqiqlangan” (3.28) belgisiga almashtirilmoqda.
“Biroq Toshkent shahri yo‘llari bo‘ylab 3.27 yoki 3.28 belgisini butunlay olib tashlash maqsadga muvofiq emas. Chunki haydovchilar bu holatda yo‘l chetining istagan qismiga transport vositalarini qoldirib ketishi oqibatida yo‘llarning avtomobillarni o‘tkazuvchanligiga putur yetadi”, - dedi Barat Mamenov.
YHXB boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, ayni o‘rganishlar davomida yo‘l belgilari, svetofor chiroqlarining muddati ham atroflicha o‘rganilib, zarur holatlarda svetofor chiroqlari intervali o‘zgartirilmoqda.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026