15:49 / 21.04.2018
26967

Tojikistonda eng yuqori va eng kam ish haqi qaysi sohalarda to‘lanishi ma'lum qilindi

Foto: Xovar /AMIT

Joriy yilning fevral oyida Tojikistonda iqtisodiyotning real sektorida o‘rtacha oylik ish haqi 1,5 ming somoniy (169 dollar)ni tashkil etdi.

Tojikiston iqtisodiyotining real sektoridagi eng past ish haqi joriy yilning fevral oyida qishloq xo‘jaligi, ovchilik, o‘rmon xo‘jaligi xodimlari hisobiga to‘g‘ri keldi: taxminan 600 somoniy (67,5 dollar)ga teng bo‘ldi, deb xabar bermoqda Tojikiston Statistika bo‘yicha agentligi.

Tojikistonda eng yuqori ish haqi - tog‘-kon sanoati va konlarni o‘zlashtirishda. Bu yerda 2,2 ming somoniy (247 AQSh dollari), qurilishda esa 2 ming somoniydan biroz ko‘proq (225 AQSh dollari) olishadi.

Keyingi o‘rinlardan elektr energetikasi va suv ta'minoti joylashgan. Ushbu soha xodimlari 1,6 ming somoniy (180 dollar) oladi.

Joriy yilning fevral oyida Tojikiston iqtisodiyotining real sektorida o‘rtacha oylik ish haqi 1,5 ming somoniy (169 dollar)ni tashkil qildi va o‘tgan yilga nisbatan 8,9 foizga oshdi.

Tojikistonda xizmat ko‘rsatish sohasida eng ko‘p pulni moliya vositachilari oladi – 3 ming somoniy (337 dollar), transport, saqlash va aloqa sohasida – taxminan 2 ming somoniy (225 dollar), ko‘chmas mulk, ijara va tijorat faoliyati bilan bog‘liq sohalarda – 1,5 ming somoniydan biroz kamroq (169 dollar), deya xabar qilmoqda tojik OAV.

Umuman olganda, 2018 yil fevral oyida xizmat ko‘rsatish sohasidagi o‘rtacha oylik ish haqi 1 ming somoniy (112 dollar)ni tashkil etdi va bu o‘tgan yilga nisbatan 2,2%ga ko‘pdir.

 

Top