Jahon | 13:09 / 21.04.2018
5091
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainadagi korrupsiya, senzura va inson huquqlari buzilishi bo‘yicha ma'lumot berildi

Foto: Andrey Gudzenko

AQSh Davlat departamenti tomonidan 2017 yil yakunlari bo‘yicha huquq faoliyati masalalariga bag‘ishlangan hisobotda aytilishicha, Ukrainada inson huquqlari buzilishi, korrupsiya va senzura bilan bog‘liq jiddiy holatlar kuzatilmoqda. Bu haqda «Ukrinform» xabar berdi.

«Inson huquqlari bilan bog‘liq eng jiddiy muammolar orasida noqonuniy qatllar va Donbassdagi mojaro sababli odamlarning siyosiy sabablarga ko‘ra yo‘qolib qolishi; qiynoqlar, shuningdek qamoqxonalar va saqlash joylarida hayot uchun xavfli bo‘lgan qattiq va tahdidli sharoitlar; o‘zboshimchalik bilan hibs qilish va qo‘lga olish, sudlarning mustaqil emasligi bor», - deyiladi hisobot matnida.

Shuningdek, hisobotda hukumat darajasidagi keng ko‘lamli korrupsiya, senzura, xususan, saytlarning bloklanishi, hukumatning jurnalistlar va korrupsiyaga qarshi faollarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlarga mas'ul bo‘lganlarni javobgarlikka tortishga qodir emasligi tilga olingan.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid