Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi oliygoh Rossiya Federatsiyasining agrar sohadagi nufuzli universitetlariga tashrif buyurdi
Bugungi kunda ta'lim muassasalaridagi hamkorlikning mohiyati ilmiy va ta'lim loyihalarini amalga oshirish va o‘quv jarayoni tashkil etish bo‘yicha tajriba almashish, ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkasini tashkil etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3003-sonli qaroriga belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining rektori Umurzakov U.P. rahbarligida bir guruh professor-o‘qituvchilari 2018 yilning 12-19 aprel kunlari Rossiya Federatsiyasining nufuzli universitetlari bilan o‘zaro hamkorlikdagi ilmiy va ta'lim loyihalarini amalga oshirish, o‘quv jarayoniga rossiyalik professor-o‘qituvchilarni jalb qilish va tajriba almashish, ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkasini tashkil etish bo‘yicha Rossiya davlat agrar universiteti - K.A.Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xo‘jaligi akademiyasining rektori G.D.Zolina, Moskva davlat yer tuzish universiteti rektori S.N.Volkov, Rossiya davlat xalqlar do‘stligi universiteti agrotexnologiyalar instituti direktori A.Dokukin rahbarligida bir guruh olimlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bundan tashqari, Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti va Moskva davlat qurilish universitetlariga tashrif buyurishdi.

2019-2021 yillarda Rossiya universitetlari kvotasi hisobidan 2 nafar fan nomzodi va 1 nafar fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlab berish, elektron ta'lim platformasiga TIQXMMIni kiritish va masofaviy ta'limni yo‘lga quyish, o‘quv jarayonini sikl asosida tashkillashtirish va rossiyalik professorlarni jalb qilish, o‘quv-me'yoriy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha muntazam ravishda tajriba almashish, hammualliflikda adabiyotlarni yaratish, ta'limda ilmiy va xalqaro hamkorlik qilish, laboratoriyalar bo‘yicha multimediya va elektron dasturlarni hamkorlikda yaratish, universitetlar kutubxonalarining o‘quv va ilmiy manbalaridan TIQXMMI xodimlari erkin foydalanish imkoniyatlari yaratildi.

Mavzuga oid
10:50 / 14.07.2026
Kiyev yana raketa hujumiga uchradi
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
20:44 / 13.07.2026
Rossiya prezidentligi sayloviga qo‘yilmagan Boris Nadejdin Moskvada qo‘lga olindi
16:29 / 13.07.2026