Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya organlariga ishga qabul qilish to‘g‘risida 3000dan ortiq murojaat kelib tushdi
Adliya vazirligi tizimidagi vakant o‘rinlar haqidagi e'lon berilgan vaqtdan boshlab ishga qabul qilish to‘g‘risida 3000dan ortiq ariza kelib tushgan. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati taqdim etgan ma'lumotda aytiladi. Jumladan, mazkur ma'lumotda shunday deyiladi:
“Biz shuncha odamlarning o‘z karerasi va hayotini adliya organlari bilan bog‘lamoqchi ekanligi, bizning jamoamizga qo‘shilmoqchi ekanligidan xursandmiz.
Bu narsa adliya organlarining ish beruvchi sifatidagi jozibadorligi va obro‘si oshib borayotganligidan dalolat beradi.
Shaxsiy ma'lumotlar (ta'lim, ish faoliyati va h.k. ) sinchiklab o‘rganilgandan so‘ng maxsus komissiya ularning kasbiy bilimlarini bilish maqsadida suhbatdan o‘tkazadi.
Agar kimdir komissiya xulosasidan norozi bo‘lsa, adliya organlarining “Ishonch telefoni” yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga murojaat qilishi mumkin”.
Ma'lumotlarga ko‘ra, hujjatlar joriy yilning 1 may kuniga qadar qabul qilinadi.
Mavzuga oid
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
15:51 / 12.05.2026