Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Har oy 560 yevrodan: Finlyandiyada ishsizlikka qarshi tajriba muvaffaqiyatsizlikka uchradi
2017 yilda Finlyandiya hukumatining ishsizlikka qarshi tajribasi haqida barcha jahon OAV ma'lum qilgandi. Bu tajriba uchun 25 yoshdan 58 yoshgacha bo‘lgan 2 ming ishsiz tanlab olinib, ularga har oy hech qanday shartlarsiz 560 yevrodan pul berib borilgan. E'tiborlisi, agar sinaluvchilardan biror biri ish topgudek bo‘lsa ham, unga bu to‘lovlar berib borilavergan.
Tajriba aholining ijtimoiy ta'minoti muammosiga noodatiy yondashuvi sababli butun dunyoda keng e'tirofga ega bo‘lgan. Biroq endilikda Finlyandiya vakillari loyihaning asosiy g‘oyasidan voz kechib, unga o‘zgartirishlar kiritishmoqda.
Dastlabki rejaga ko‘ra, 2018 yil boshigacha tajribaga ishi bor sinaluvchilarni qo‘shish nazarda tutilgan. Tadqiqotchilar ishlovchi kishilarsiz tayanch daromad xizmat pillapoyasida yangi qadamlar qo‘yish yoki o‘z bilimi darajasini oshirishga qay darajada imkon berishini o‘rgana olmasdilar.
“Ikki yillik vaqtinchalik davr bunday katta ko‘lamli tajribada biror xulosa chiqarishga kamlik qiladi. Ishonchli natijalar taqdim qilishimiz uchun bizga ko‘proq vaqt va mablag‘ zarur”, deb aytgan tajriba ekspertlaridan biri Olli Kangas.
Finlyandiyada ishsizlik nafaqasi shunchalik kattaki, tizim esa shunchalik qattiq nazorat qilinadiki, ishsizlar ishga kirishdan bosh tortadilar, chunki bu nafaqani yo‘qotishni istamaydilar. Bundan tashqari, maosh qanchalik yuqori bo‘lsa, ijtimoiy imtiyozlar shuncha kamroqdir. Tajriba esa odamlarni ishlashga undash uchun chorlangandi.
2017 yil dekabrda Finlyandiya parlamenti ijtimoiy ta'minot tizimini o‘zgacha yo‘nalishda olib boruvchi qonun loyihasini qabul qildi. Unga ko‘ra, ish qidirayotgan fuqarolar har oy 18 soatdan kamida 3 oy ishlashlari kerak – agar ular ish joyi topa olmasalar, unda nafaqa va imtiyozlarning bir qismini yo‘qotadilar. Mamlakat moliya vaziri Petteri Orpo uning rejasida yangi loyiha borligini ma'lum qildi.
“Biz tajribaviy yagona ijtimoiy to‘lovni joriy qilishimiz kerak”, deb aytgan Orpo Buyuk Britaniyada qo‘llanuvchi tizimni nazarda tutib. Bu tizimga ko‘ra, bir balans hisob raqamida bir qator imtiyozlar va soliq to‘lovlari to‘plami mujassamlangan.
Mavzuga oid
08:40 / 23.04.2026
Finlandiyada dunyodagi eng uzun piyodalar ko‘priklaridan biri ochildi
22:02 / 21.04.2026
Finlandiyada dunyodagi eng uzun piyodalar ko‘prigidan biri ochildi
20:11 / 20.04.2026
O‘zbekiston aholi bandligi bo‘yicha 187 ta davlat orasida 114-o‘rinni egalladi
15:21 / 23.02.2026