Jahon | 09:30 / 22.04.2018
5683
2 daqiqa o‘qiladi

Eron sanksiyalar qaytarilsa, yadroviy dasturini yanada jadalroq boshlashi mumkinligini aytdi

Foto: AP

Agar AQSh prezidenti Donald Tramp may oyida Eronga qarshi uning yadroviy dasturi sababli kiritilgan sanksiyalarning muzlatilishini uzaytirmasa, unda Eron yadroviy dasturini tiklaydi. Ushbu sanksiyalar 2015 yilda Venadagi kelishuvdan keyin to‘xtatilgandi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif aytib o‘tdi.   

“Biz harakatlarning bir nechta variantini ko‘rishimizga to‘g‘ri keladi, bu optsiyalar tayyor, ular orasida yadroviy sohadagi faolligimizni yanada jadalroq boshlash varianti bor”, deb aytgan Zarif. Uning aytishicha, bu masaladagi qaror tegishli vaqtda qabul qilinadi.

Zarif, shuningdek, jahon hamjamiyati bir tomonlama ravishda Eronni “amal qilinishi buzilgan” kelishuvga rioya qilishga chaqira olmasligini aytgan. 

AQSh qonunchiligiga ko‘ra, Tramp 12 may kuni Eronga qarshi sanksiyalarning navbatdagi muzlatilishi bo‘yicha qaror qabul qilishi kerak. Agar u buni amalga oshirmasa, unda sanksiyalar avtomatik ravishda yana amal qila boshlaydi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid