Sport | 20:20 / 22.04.2018
2600
1 daqiqa o‘qiladi

Nadal Monte-Karlodagi turnir g‘olibi bo‘ldi

Foto: AFP

Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal 11-marta Monte-Karlodagi «Masters» turnirida zafar quchdi. Turnirning birinchi raqamli tennischisi finalda Yaponiya vakili Keya Nisikori ustidan 6:3, 6:2 hisoblarida g‘olib keldi. 

Grunt kortda ushbu bahs 1 soatu 34 daqiqa davom etdi. Nadal 1ta eys zarbani amalga oshirdi, 2 marta qo‘shxatoga yo‘l qo‘ydi va 4 marta raqib to‘p oshirganda g‘olib keldi. Nisikori esa bir marta eys zarba berdi, 2 marta qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ydi, 1 marta breyk-poyntni qo‘ldan chiqardi. 

Ispaniyalik tennischi o‘z faoliyatida 76-titulni, joriy yilda birinchisini qo‘lga kiritdi.Nadal ushbu g‘alaba evaziga dunyoning birinchi raqamli raketkachisi maqomini saqlab qoldi.

Foto: AFP
Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid