Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning sobiq rafiqasi unga keyingi saylovlarda ishtirok etmaslikni tavsiya qildi
Foto: Annie Wermiel /NY Post
AQSh prezidenti Donald Trampning birinchi rafiqasi Ivana Tramp uning sobiq turmush o‘rtog‘i 2020 yilda ikkinchi muddatga saylanmasligi ma'qul bo‘lishini aytdi. Bu haqda Page Six nashri xabar berdi.
“Men sizga bir narsa aytaman, biroq uni zarur, deb hisoblamayman. Uning hayoti yaxshi, uning hamma narsasi bor. Donald keyingi saylovlarda 74, 73 yoshlarda bo‘ladi va ehtimol, u shunchaki ketishi va golf o‘ynab, o‘z hayotidan zavq olishi ma'qulroqdir”, deb aytgan Ivana Tramp nashrga bergan intervyusida.
Ivana Trampning fikricha, Tramp “avvalgi erkinligini biroz qo‘msamoqda”. “U prezident maqomi o‘ziga shunchalik ko‘p narsani qamrab olishini tasavvur qilgan, deb o‘ylamayman. Butun dunyo haqida juda ko‘p ma'lumot bilishi kerak”, deb qo‘shimcha qilgan Ivana Tramp.
Ivana Tramp sobiq Chexoslovakiyada tug‘ilgan. U Trampga 1977 yilda turmushga chiqqan. Ular birgalikda 15 yil yashab, 3 farzand ko‘rishgan.
Mavzuga oid
12:10 / 29.09.2025
Chexiya parlament saylovlari oldidan aralashuvdan xavotirda
11:59 / 29.09.2025
Moldova parlament saylovlarida hukmron partiya g‘alaba qozondi
10:04 / 29.09.2025
Moldova parlamentiga saylovlarda hukmron partiya yetakchilik qilmoqda
18:17 / 25.09.2025