Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Travel Workshop «The World of Leisure – 2018» forumida Farg‘ona viloyati turistik salohiyati namoyish etildi
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan International Hotel Tashkent mehmonxonasida Uzbekistan International Travel Workshop «The World of Leisure – 2018» bahorgi turistik forumi o‘tkazildi. Forumdan maqsad O‘zbekistonda ichki, kirish va chiqish turizmini rivojlantirish, deya xabar beradi Qo‘mita matbuot xizmati.
Forumda Farg‘ona viloyati turistik sanoati vakillari faol ishtirok etishdi. Ular qiziqish bildirgan kompaniyalarni sayyohlik mavsumi uchun yangi taklif va xizmatlar bilan tanishtirishdi. Turistik kompaniyalar, mehmonxonalar vakillari, shuningdek transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar vakillari Turkiya, Rossiya, Tojikiston va Turkmanistonning sayyohlik kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli shartnomalar tuzishdi.
Farg‘ona delegatsiyasi ishtiroki natijasidagi ijobiy natijalar mintaqa turistik salohiyatining rivojlanishiga turtki berishi shubhasiz.
Uzbekistan International Travel Workshop – turistik salohiyat taqdimoti, shuningdek yangi yozgi dasturlar va yo‘nalishlarni maqsad qilgan xorijiy va mahalliy turistik soha vakillari o‘rtasida o‘tkaziladigan muzokaralar uchun biznes-maydon.
Mavzuga oid
10:25 / 14.07.2026
O‘zbekistonliklar uchun vizasiz davlatlar soni ko‘payishi mumkin
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026